Telegram yangilanishi: yangi funksiyalar va muammolar

2-iyul 2025 21:49 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Svyatoslav Polyakov

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Telegram yangilanishi: yangi funksiyalar va muammolar / Foto: MuhammadAlimaki / Depositphotos

2-iyul kuni Telegram Android va iOS uchun 11.13-versiyasini chiqardi. Yangilanishda bir qator yangi funksiyalar taqdim etildi. Vazifalar uchun chek-listlar, kanallarga postlar taklif qilish imkoniyati hamda Toncoin va Telegram Stars orqali monetizatsiya qilish shular jumlasidandir.

Chek-listlar endi chatlar va guruhlarda bevosita yaratilishi mumkin. Telegram Premium foydalanuvchilari ularni boshqalar bilan bo‘lishishi, tahrirlovchilarni belgilashi va bajarilgan bandlarni belgilangani mumkin bo‘ladi.

Kanallarda esa yangi «taklif etilgan postlar» funksiyasi ishga tushdi. Endi obunachilar o‘z postlarini yuborishi, administratorlar esa ularni tahrirlab e’lon qilishi mumkin.

Ammo yangilanish bilan birga ayrim muammolar ham paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda @tginfo.

Telegram Desktop 5.16 dagi muammo:
Yangilanishdan so‘ng ko‘plab foydalanuvchilar xabar ostidagi tugmalar ishlamay qolganini, ba’zida ular butunlay yo‘qolib qolayotganini bildirgan. @tginfo muharrirlari bu versiyani o‘rnatmaslikni, vaqtincha 5.15.4-versiyadan foydalanishni va GitHub’dan yuklab olishni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, avtomatik yangilanishni o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi.

iOS va macOS tizimidagi muammolar:
Apple qurilmalarida notanish foydalanuvchilardan yuborilgan havolalar endi oddiy matn sifatida ko‘rinadi. Bu muammoni hal qilish uchun yuboruvchini kontaktlarga qo‘shish yoki xabarni «Tanlanganlar»ga (Избранное) yuborish kerak.

Bundan tashqari, iOS uchun Telegram ilovasida tarjima funksiyasi yo‘qolgan. Ushbu imkoniyat iyun oyi oxiridan boshlab ishlamay qolgan. Taxminlarga ko‘ra, Telegram hozirda internetga ulanmasdan, bevosita qurilmada ishlaydigan yangi tarjima funksiyasini ishlab chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram’da Grok sun’iy intellektli chatboti ishga tushirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek