Tramp: Isroil 60 kunlik sulhga rozi, navbat Hamasda

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil G‘azoda 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish shartlariga rozi bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu sulh taklifi Qatar va Misrdagi vositachilar orqali Hamasga yetkaziladi. Biroq Hamas hali rasmiy javob bermagan.
Tramp ma’muriyati ko‘magida ishlab chiqilgan taklifga ko‘ra, sulh davomida Isroil garovdagilarni ozod qilishi, buning evaziga esa Falastin mahbuslari qo‘yib yuborilishi ko‘zda tutilgan. Taklif Netanyaxu va Tramp ma’muriyati vakillari o‘rtasidagi muzokaralar fonida ilgari surilgan.
Hozircha Hamas 60 kunlik vaqtinchalik sulhga rozi bo‘ladimi, bu – mavhum. Guruh doimiy sulh va G‘azoda hokimiyatni saqlab qolish talabida qolmoqda. Biroq manbalarga ko‘ra, Hamas o‘z pozitsiyasini yumshatishga tayyorligi haqida ishoralar bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSh zarbalaridan so‘ng Fordo yadroviy obyekti to‘liq vayron bo‘lgani haqida gapirgan edi.