Yangiliklar

Turkiyada yuqumli kasallik tarqalishi sabab chorva bozorlari yopildi

Qator hududlarda karantin joriy etildi
Turkiya yuqumli kasallik tarqalishi sabab chorva bozorlarini yopdi. Foto: RBK Ufa

Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi mamlakat bo‘ylab barcha chorva bozorlarini vaqtincha yopishni e’lon qildi. Ushbu qaror chorva mollaridan tarqaladigan kasallik o‘choqlarining ko‘payib borayotgani sabab qabul qilingan.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, kasallikning tarqalishi Qurbon hayiti davrida chorva mollarining ko‘chirilishi bilan bir vaqtda yuz bergan. Ayrim hududlarda allaqachon karantin joriy etilib, hayvonlar harakati cheklangan va emlash ishlari boshlangan. Biroq qisqa vaqt ichida barcha hayvonlarni emlashning imkoni yo‘q.

Mutaxassislarning fikricha, xavf zonalarida chorva harakatini cheklash emlashdan ko‘ra samaraliroq chora. Shu sabab mamlakat bo‘ylab hayvon savdosiga oid barcha bozorlar, yarmarkalar, birjalar va yig‘ish markazlarining faoliyati to‘xtatildi.

Taqiq maxsus buyruq berilgunga qadar amal qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qanday qoramollarni boqish foydali ekani haqida yozgandi.