Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

eʼlon qilindi
Aviachiptalar Migratsiya jamg‘armasi hisobidan xarid qilindi
Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi. Foto: Migratsiya agentligi

Turkiya deportatsiya markazlarida bo‘lib turgan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

O‘zbekiston Migratsiya agentligi hamda Turkiya Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi vakillari o‘rtasida Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lgan fuqarolarni legallashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar natijasida Turkiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ma’muriy jazolarsiz ro‘yxatdan o‘tkazish, yashash va ishlash ruxsatnomalarini berish taklifi Turkiya rasmiylari tomonidan ma’qullandi.

Shuningdek, qariyalar va bolalarni parvarishlash hamda qishloq xo‘jaligi sohalarida noqonuniy faoliyat yuritayotgan fuqarolarga huquqiy maqom berish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Deportatsiya markazlaridagi 50 nafar ayolga O‘zbekistonga qaytish uchun Migratsiya jamg‘armasi hisobidan aviachiptalar xarid qilindi.

Bundan tashqari, 28 nafar fuqaroga vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilib, repatriatsiya jarayoni boshlandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida ijtimoiy himoya bo‘yicha yangi bitim ishlab chiqishga kelishildi.

Bundan oldin «Kursiv» nashri Shvetsiya O‘zbekistondan ishchilarni qabul qilishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Migratsiya agentligining qayd etishicha, Shvetsiyada transport, qurilish, ta’lim va boshqa sohalarda mutaxassislar yetishmayapti.

Shuningdek