Uchtepadagi qandolat omborida yong‘in sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 9 daqiqa ichida yetib borgan
Uchtepadagi qandolat omborida yong‘in sodir bo‘ldi / Foto: FVV

Bugun, 2-iyul kuni soat 02:47 da Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonaning omborxonasida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar bermoqda.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 9 daqiqa ichida, ya’ni soat 02:56 da yetib borgan. Yong‘in soat 03:49 da qurshab olinib, hozirda uni to‘liq o‘chirish ishlari davom etmoqda.

Hodisa joyiga shahar va tuman FVB rahbarlari ham yetib borishgan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingani bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Sergelidagi «Meros» to‘yxonasida yong‘in chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek