
Xitoyning «Shitszyan-21» va «Shitszyan-25» sun’iy yo‘ldoshlari Yerdan yuqori orbitada ikkinchi bor yaqinlashuv operatsiyalarini bajarmoqda. Bu haqda Space News nashri ma’lum qildi.
Bu harakatlar orbitada yonilg‘i quyish bo‘yicha rejalashtirilgan tajribaning muhim bosqichi hisoblanadi. Tajriba muvaffaqiyatli o‘tsa, bu kosmik texnologiyalardagi katta yutuq bo‘lib, Yerdagi infratuzilmaga bog‘liqlikni kamaytiradi.
Operatsiya tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan, ammo asosiy sinov sanasidan keyin qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Marsga robot dron yuborishi haqida yozgan edik.