
Chevrolet kompaniyasi 2026-yilgi Chevrolet Equinox modelining xususiyatlari ochiqlandi. Bu benzin dvigatelli krossoverning to‘rtinchi avlodiga mansub ikkinchi yilgi modeli. U 2025-yilgi versiyadan uncha katta bo‘lmagan yangiliklar bilan farq qiladi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.
Bu model uchta turda taqdim etiladi. Xaridorlar uchun turli tashqi ranglar mavjud. Ular orasida bepul ranglar ham, qo‘shimcha to‘lov evaziga beriladigan maxsus bo‘yoqlar ham bor. Asosiy ranglarga yashil, ko‘k, oq, kulrang va qora kiradi. Maxsus ranglar esa oq va qizil trikoat bo‘yoqlaridir. Bundan tashqari, avtomobilni ikki rangda tanlash imkoniyati ham bor. Bunday holatda, tom rangi tanadagi asosiy rangdan farq qiladi.

2026-yilgi Equinox 1,5 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan. Old g‘ildirakdan tortuvchi modellarda bu dvigatel CVT avtomat uzatma qutisi bilan ishlaydi. U 175 ot kuchi va 184 funt-fts moment hosil qiladi. To‘liq g‘ildirakli modellarda esa 8 pog‘onali avtomatik uzatma mavjud. Bu variantda burilish momenti 203 funt-fts gacha yetadi.
Yangi Equinox’ning ishlab chiqarilishi 2025-yil 17-martdan boshlab Meksikadagi San-Luis Potosi zavodida boshlangan. Chevrolet ushbu model orqali xaridorlarga ko‘rinish, texnik xususiyat va individual sozlash imkoniyatlari bo‘yicha keng tanlov taqdim etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Chevrolet Equinox O‘zbekistonga import yo‘li orqali kirib keladi – uni rasmiy importyor UzAuto Motors (sobiq GM Uzbekistan) olib keladi. Equinox’ning hozirgi avlod modeli Xitoyda SAIC‑GM korxonasi tomonidan ishlab chiqarilib, 2020-yildan beri O‘zbekistonga eksport qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet 62 mingdan ortiq o‘rta yuk mashinalarini chaqirib olgani haqida yozgan edi.