
Mazda kompaniyasi yangi avlod Mazda CX-5 avtomobili 2025-yil 10-iyul kuni rasmiy taqdim etilishini e’lon qildi. Kompaniya modelning ilk rasmlarini ham e’lon qildi. Bu haqda Autonews xabar bermoqda.
Yangi CX-5 oldingi modelga o‘xshash ko‘rinishda bo‘ladi, lekin dizayni biroz yangilanadi. Ayniqsa, faralar va ba’zi tashqi elementlar Mazda CX-90 va Xitoydagi EZ-60 gibrid modeliga o‘xshash bo‘ladi.

Salon ham yangilanadi. Unda katta multimedia ekrani va CX-90 modelidagi kabina tartibidan foydalaniladi. Texnik jihatdan esa mashina SkyActiv-Z avlodiga mansub benzin dvigatellari bilan jihozlanadi.
Shuningdek, gibrid versiyasi ham taqdim etilishi kutilmoqda. Uning tafsilotlari hali e’lon qilinmagan, ammo Xitoyda 1,5 litrli gibrid motor 1300 km gacha yurish zaxirasiga ega.
Hozirgi CX-5 modeli ikkinchi avlod bo‘lib, 2017-yilda chiqqan va 2021-yilda restayling qilingan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Restayling — bu avval chiqarilgan avtomobil modelining tashqi yoki ichki dizaynini yangilash, lekin uning asosiy texnik tuzilmasini o‘zgartirmaslikdir.
Odatda restayling davomida faralar, bamperlar, radiator panjarasi, salon bezaklari yoki multimedia tizimi kabi qismlar yangilanadi. Bunday yangilanishlar modelni vizual jihatdan yangilaydi, lekin u to‘liq yangi avlod modeliga aylanishi hisoblanmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Mazda EZ-60 elektromobili uchun 30 mingdan ortiq oldindan buyurtma berilgani haqida yozgan edi.