
Infinix kompaniyasi tomonidan yangi Infinix Hot 60i smartfoni taqdim etildi. Bu haqda GSMArena nashri xabar bermoqda.
Hot 60i’ning narxi 6/128 GB modeli uchun $115, 8/256 GB modeli uchun esa taxminan $135 etib belgilangan. U oldingi modelga qaraganda yupqaroq, lekin batareyasi katta va tezroq zaryadlanadi. Hozircha telefon Bangladesh va Keniya bozorida sotuvda.
Hot 60i 6,7 dyuymli IPS LCD ekranga ega. Ekran yangilanish tezligi 120 Hz, yorqinligi esa 700 nitgacha oshirilgan. Ekran 720p+ sifatida qolgan. Always On funksiyasi mavjud.

Smartfon Helio G81 Ultimate protsessori bilan jihozlangan. U 4, 6 yoki 8 GB tezkor xotira va 128 yoki 256 GB doimiy xotira bilan birga ishlaydi. microSD orqali 1 TB gacha kengaytirish mumkin.

Batareya sig‘imi 5160 mA·soat bo‘lib, 45V tez zaryadni qo‘llab-quvvatlaydi. 1 foizdan 50 foizgacha atigi 24 daqiqada to‘la zaryadlanadi. Batareya 5 yil xizmat qilishga mo‘ljallangan.
Korpus IP64 himoyaga ega. Telefon changdan to‘liq himoyalangan va suv sachrashiga bardosh bera oladi. Burchaklari mustahkamlangan bo‘lib, 1,5 metr balandlikdan tushishga chidamli. Qalinligi 7,7 mm, og‘irligi 188 g.
Orqa kamera 50 MP, 1080p video yozadi. Old kamera 8 MP. Telefon XOS 15 tizimida ishlaydi, Android 15 asosida. Yon tomonda sun’iy intellekt uchun ajratilgan alohida tugma bor.

Hot 60i’da Hard Gyro mavjud. Bu o‘yinlarda harakatni boshqarish va GPS signali yo‘q joylarda ham aniqlikni oshirish uchun foydali. UltraLink funksiyasi bilan hatto tarmoqsiz joylarda 500 metrgacha bo‘lgan masofada qo‘ng‘iroq va xabar yuborish mumkin.
Aloqa jihatidan qurilmada NFC, IR pult, Wi-Fi 5, Bluetooth 5.3, 3.5 mm quloqchin uchi, FM radio va ikkita SIM-karta uchun 4G mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Infinix NOTE 50 smartfoni qanday imkoniyatlarni taqdim etishi haqida yozgan edi.