17 ta tashkilot reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
Internetdagi va tashqi reklama vositalaridagi kontentlar uchun
Foto: Sora sun’iy intellektida tayyorlandi

Bir nechta banklar, yonilg‘i quyish shoxobchalari, mehmonxona va turagentliklarga reklama qonunchiligini buzgani uchun moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida respublika bo‘yicha yigirmaga yaqin tadbirkorlik subyektlarining reklama faoliyatida qonun buzilishi holatlari aniqlangan. Bunda, asosan, internetdagi va tashqi reklama vositalaridagi kontentlar qonunchilikka zid bo‘lgan.

Hududlar kesimida qonun buzilishi aniqlangan ayrim subyektlar quyidagilardir:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Voris gaz oil» MChJ;
  • Xorazmda «Ostona asl baraka» MChJ;
  • Buxoroda «Omad Bukhara majmua» MChJ;
  • Navoiyda «Humoyunshox hotel» MChJ;
  • Samarqandda «Nigina Ismatilloyevna» XK;
  • Surxondaryoda «Davr Bank» TATB Termiz bo‘limi;
  • Qashqadaryoda «Infinbank» viloyat filiali hamda «Tengebank» Qarshi bo‘limi;
  • Jizzaxda «Aziz Osmon servis» MChJ;
  • Sirdaryoda «Tire world» MChJ;
  • Toshkent viloyatida «GGM and JEM», «Idea concept group» va «Moon travel» MChJ;
  • Namanganda esa «Umra consalting xizmati» va «Al-Safo tour» MChJ.

Bu holatlar yuzasidan 17 ta subyektga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarimalar qo‘llanilishi belgilandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kia Sonet reklamasida qonunbuzarlik holati aniqlangani haqida yozgandi.

Shuningdek