AQSh harbiy aloqada Starlink tizimiga o‘tishi mumkin

eʼlon qilindi
Loyiha uchun 2026-yilgi budjetdan $277 mln ajratiladi
AQSh harbiy aloqada Starlink tizimiga o‘tishi mumkin / Foto: Northrop Grumman

Tramp ma’muriyati Kosmik taraqqiyot agentligining sun’iy yo‘ldosh dasturini to‘xtatib, uning o‘rniga SpaceX’ning Starlink tarmog‘iga asoslangan yangi tizim – pLEO Satcom(yoki Milnet)ni joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ars Technica nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Pentagon bu loyiha uchun 2026-yilgi budjetdan $277 mln ajratishni taklif etdi.

So‘nggi olti yil davomida agentlik past Yer orbitasida harbiylar uchun raketa uchirish, portlash va yong‘inlarni erta aniqlovchi sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratib kelayotgan edi. Bu tizim qimmatbaho geostatsionar sun’iy yo‘ldoshlarni to‘ldirishi kerak edi.

Yangi Milnet loyihasi Tramp ma’muriyati ilgari surgan «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashi ko‘zda tutilmoqda.

Kosmik kuchlar rahbari general Chans Saltzman bu o‘zgarish orqali tijoriy sun’iy yo‘ldosh tarmoqlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari o‘rganilayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Starlink Qozog‘istonda rasman ish boshlashi haqida yozgan edik.

Shuningdek