AQShlik o‘smir bloger Antarktidadagi yakka parvozi chog‘ida hibsga olindi

3-iyul 2025 11:42 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
AQShlik o‘smir bloger Antarktidada yakka parvoz paytida qo‘lga olindi / Foto: Salvatore Di Nolfi/Keystone via AP

19 yoshli AQShlik bloger va uchuvchi Ethan Guo yetti qit’ani yakka holda aylanib uchish maqsadida parvoz qilayotgan edi. Biroq u Antarktidaga ruxsatsiz qo‘ngani uchun Chili hukumati tomonidan hibsga olindi, deya yozmoqda CNN.

Chili prokuraturasiga ko‘ra, Guo parvoz rejasini oldindan xabarsiz o‘zgartirib, Chili da’vo qiladigan hududda qo‘nish orqali bir nechta xalqaro va milliy qoidalarni buzgan. U Punta Arenas shahridan uchib chiqib, Rodolfo Marsh bazasiga ruxsatsiz yetib borgan.

Guo hozircha Antarktidadagi Chili sektorida qolmoqda. Sud tergov yakunigacha uni mamlakat hududida ushlab turishga qaror chiqardi. Guo bu parvozni «sinov parvozi» deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikalik YouTube-bloger Cleetus McFarland Chevrolet Spark avtomobilini kuchli drag-poyga avtomobiliga aylantirgan edi.

Shuningdek