
AQSh hukumati tomonidan xalqaro yordam dasturlarini amalga oshirib kelgan USAID agentligi rasmiy ravishda o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.
Prezident Donald Tramp bu agentlikni «keraksiz xarajatlar»ga sabab bo‘lgan deb hisoblab, uning bosqichma-bosqich tugatilishini boshlagandi. 2025-yil mart oyiga kelib, USAID dasturlarining 80 foizdan ortig‘i bekor qilingan bo‘lsa, 25-iyun kuni qolgan qismi ham AQSh Tashqi ishlar vazirligiga o‘tkazildi.
USAID’ning yopilishi sobiq prezidentlar Barak Obama va Jorj Bush tomonidan keskin tanqid qilindi. Ular bu qarorni insonparvarlik missiyasiga zarba sifatida baholab, global miqyosdagi og‘ir oqibatlarga olib kelishini ta’kidladi.
Lancet tibbiyot jurnalida chop etilgan bir tadqiqotga ko‘ra, yordam dasturlarining to‘xtatilishi tufayli 2030-yilgacha dunyo bo‘ylab 14 milliondan ortiq kishi muddatidan ilgari hayotdan ko‘z yumishi mumkin. Ularning uchdan bir qismi bolalardan iborat bo‘lishi aytilmoqda. AQSh Tashqi ishlar vazirligi bu hisob-kitoblarni «noto‘g‘ri farazlarga asoslangan» deb atadi va yordam «samaraliroq tarzda» ko‘rsatilishini bildirdi.
Ma’lumot uchun, USAID 1961-yilda tashkil etilgan USAID agentligi 10 mingga yaqin xodimni ish bilan ta’minlab kelgan bo‘lib, ularning katta qismi xorijda faoliyat yuritgan. Trampning ikkinchi prezidentlik muddati davomida agentlikni qisqartirishga Ilon Mask jalb etilgandi.
USAID’ning yopilishi nafaqat AQSh ichida, balki butun dunyo bo‘ylab insonparvarlik tashkilotlari tomonidan tanqidga uchradi. Yopilgan loyihalar orasida Ukrainadagi yarador askarlar uchun protez yetkazib berish, minalarni tozalash hamda Afrikada Ebla epidemiyasining tarqalishini oldini olishga qaratilgan tashabbuslar mavjud edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan USAID sentabrgacha butunlay yopilishi haqida yozgandi.