
Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) tashkillashtirayotgan «CAFA Nations Cup – 2025» musobaqasida guruhlar aniq bo‘ldi.
O‘zbekiston mezbon sifatida «A» guruhidan joy olib, Qirgʻiz Respublikasi, Turkmaniston va Oʻmon bilan bahs yuritadigan boʻldi.

Ma’lumot uchun, «A» guruhi o‘yinlari va musobaqaning final uchrashuvi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. «B» guruhi uchrashuvlari va 3-o‘rin uchun bahs esa Dushanbe shahrida tashkil etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat «CAFA Nations Cup – 2025» final bosqichiga mezbonlik qilishi haqida xabar bergan edi.