
Hindistonning yirik texnologik kompaniyasi HCLTech va OpenAI korporativ sohada generativ sun’iy intellektni keng joriy etish bo‘yicha strategik hamkorlikni e’lon qildi.
Hamkorlik doirasida HCLTech mijozlariga ChatGPT Enterprise va OpenAI API kabi texnologiyalarni o‘z yechimlari bilan birgalikda taqdim etadi. Kompaniya bu texnologiyalarni o‘z ichki tizimlariga ham integratsiya qiladi, natijada 223 mingdan ortiq xodimlar zamonaviy SI vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, HCLTech 60 mamlakatda faoliyat yuritadi va 2025-yil mart holatiga ko‘ra $13,8 mlrd daromadga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI AQSh mudofaa sohasida $200 millionlik shartnomani qo‘lga kiritgan edi.