Iyun oyida 136 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan

eʼlon qilindi
Jami 234 ta holatda
Iyunda 136 milliard so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan. Foto: Oʻzenergoinspeksiya

Iyun oyi mobaynida 136 milliard so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan. Bu haqda «Oʻzenergoinspeksiya» xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, iyun oyida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 234 ta holat aniqlandi.

Mazkur holatlar natijasida 50,6 million kVt⋅soat elektr energiyasi (103 mlrd so‘m) va 12,4 million metr kub tabiiy gaz (32,6 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi oqibatida tizimga jami 135,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgani qayd etildi.

Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 471 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida elektr energiya talonchiligi aniqlangani haqida yozgandi.

Shuningdek