Kia 11 ming dollarlik avtomobilini sotuvga chiqardi

3-iyul 2025 13:54 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Kia

Kia kompaniyasi Xitoy bozorida 2026-yilgi yangilangan Kia Seltos krossoverini sotuvga chiqardi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.

Yangi avtomobil 1-iyuldan 31-iyulgacha «yozgi maxsus narx» — taxminan $10,7 mingga sotuvga qo‘yiladi. Kia kompaniyasining yangi modellari mahalliy bozorga kirib kelganida bojxona va qo‘shimcha to‘lovlar evaziga qimmatroq bo‘lishi mumkin.

Yangi model an’anaviy eshik tutqichlariga va 17 dyuymli alyuminiy g‘ildiraklarga ega. Avtomobilning interyeri esa zamonaviy markaziy panelga ega bo‘lib, unda Kia Connect va Baidu Intelligent Connectivity 3.0 tizimlari bilan mos ikkita ekran joylashgan.

Avtomobil bir nechta ilg‘or xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan. Ular orasida piyoda, velosipedchi va chorrahadagi transport vositalarini aniqlay oladigan old to‘qnashuvlarning oldini olish (FCA), yo‘l chizig‘ida ushlab turish (LFA), chiqib ketishni ogohlantirish (LKA), aqlli tezlik chegarasi (ISLA), haydovchini ogohlantirish tizimi (DAW), hamda orqa va yon kameralar (RVM va BVM) mavjud.

Foto: Kia

Qulaylik jihatdan avtomobil 6 pozitsiyada sozlanadigan elektr haydovchi o‘rindig‘i, old o‘rindiqlar uchun isitish va ventilyatsiyadan iborat. Shuningdek bosh suyanchiqli sozlanadigan orqa o‘rindiqlar bilan jihozlangan.

Modelning o‘lchamlari 4385×1800×1650 mm bo‘lib, g‘ildirak bazasi 2630 mmni tashkil qiladi. Old tomonida mustaqil McPherson tipidagi osma, orqa tomonida esa torsionli o‘qdan foydalanilgan.

Foto: Kia

Dvigatel variantlari esa quyidagilardan iborat: 1,5 litrli, 115 ot kuchiga ega SmartStream dvigateli IVT variator, 1,4 litrli turbo dvigatel 7 bosqichli DCT uzatmalar qutisi bilan birgalikda taqdim etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangilangan Kia Sportage narxlari e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek