Kia Sportage PHEV 2026 taqdim etildi

3-iyul 2025 13:52 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Kia
Kia Sportage PHEV 2026 taqdim etildi / Foto: Kia

Kia kompaniyasi 2026-yilgi yangilangan Kia Sportage PHEV krossoverini AQSh bozorida namoyish qildi. Bu haqda 32cars xabar bermoqda.

U ikki xil komplektatsiyada taqdim etilgan: X-Line (narxi $40,5 ming) va X-Line Prestige (narxi $47,1 ming). Bu narxlar yetkazib berish uchun alohida $1395 ni o‘z ichiga olmaydi. Har ikki versiya to‘liq yurituv tizimi (4WD) bilan jihozlangan.

X-Line Prestige komplektatsiyasida 12,3 dyuymli raqamli panel, LED tuman chiroqlari, old o‘rindiqlar uchun ventilyatsiya, orqa o‘rindiqlar uchun isitish tizimi, Harman Kardon audio tizimi va smartfon orqali ochiluvchi Digital Key 2.0 funksiyasi mavjud.

Avtomobil 1,6 litrli turbomotor va 72 kVt quvvatga ega elektromotordan iborat gibrid tizim bilan jihozlangan. Umumiy quvvati 268 ot kuchi, aylanish momenti 367 Nm. Faqat elektrda yurish masofasi 55 km, akkumulyator to‘liq quvvatlanishi taxminan 2 soatni oladi. Sportage PHEV 907 kg gacha bo‘lgan tirkamani torta oladi.

Eslatib o‘tamiz, Kia Sonet reklamasida qonunbuzarlik holati aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek