O‘zbekiston IT-kompaniyalari eksportining katta qismi Amerikaga to‘g‘ri kelmoqda

eʼlon qilindi
Eksport hajmining 46 foizi
O‘zbekiston IT-xizmatlarini eng ko‘p Amerikaga eksport qilmoqda. Foto: IT Park

O‘zbekiston IT-xizmatlarini eng ko‘p Amerikaga eksport qilmoqda. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Markazga ko‘ra, IT-kompaniyalar eksport geografiyasi kengayib, eksport hajmining 46 foizi Shimoliy Amerikaga to‘g‘ri kelmoqda. Bundan tashqari, ekportning 21 foizi Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaga, 27 foizi MDH va Osiyo – Tinch okeani mintaqasiga, 6 foizi esa Yaqin Sharqqa yo‘naltirilgan.

Grafika: ITIM

IT-Park rezidenti bo‘lgan xorijiy kompaniyalar soni ham 752 taga yetib, 2020-yilga nisbatan 54 barobar oshgan. Shu bilan birga, umumiy rezidentlar soni 411 tadan 2 846 taga ko‘paygan.

Ma’lumot uchun, IT-Park rezidentlari O‘zbekistonda korporativ soliq va majburiy ijtimoiy to‘lovlardan ozod etilgan, daromad solig‘i 7,5 foizga tushirilgan. Shuningdek, IT Visa va IT Card orqali xorijiy mutaxassislar 3 yilgacha mamlakatda erkin ishlashi va yashashi mumkin. Bundan tashqari, ular tibbiyot va ta’lim xizmatlaridan O‘zbekiston fuqarolari bilan teng asosda foydalanadi va ko‘chmas mulk xarid qilishda cheklov yo‘q.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda IT-xizmatlari eksporti besh yilda bir milliard dollarga yetgani haqida yozgandi.

Shuningdek