
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston va Ozarbayjon birgalikda mini-futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Azertag xabar berdi.
«Ozarbayjon va O‘zbekiston ushbu toifadagi futbol bo‘yicha jahon chempionatini birgalikda tashkil etishi uchun FIFAga birgalikda chiqishga qaror qildi», – dedi O‘zbekiston prezidenti.
Ozarbayjon mini-futbol terma jamoasi joriy yilning may oyi oxirida Bokuda o‘tkazilgan jahon chempionatida ilk bor g‘olib bo‘ldi. Final uchrashuvida ozarbayjonliklar vengriyaliklarni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Musobaqaning bronza medali serbiyalik futbolchilarga nasib etdi.
Umuman olganda, Ozarbayjon poytaxtida bo‘lib o‘tgan ushbu sport tadbirida 32 ta davlatning terma jamoalari ishtirok etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘iston prezidenti Qўsim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma olgani bilan tabriklagani haqida xabar bergan edi.