Yangiliklar

Qo‘ng‘irotda obodonlashtirish boshqarmasiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Buning evaziga 10 mln so‘m pora talab qilingan
Qo‘ng‘irotda obodonlashtirish boshqarmasiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi/ Foto: Bosh prokuratura departamenti

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimasi pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, xodima bir fuqaroning ishonchiga kirib, uni Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 10 mln so‘m olgan vaqtda qo‘lga olindi.

Tadbir departament, DXX va IIV xodimlari hamkorligida tashkil etildi. Gumonlanuvchining harakati vaqtida olingan pullar ashyo dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28 va 211-moddalari (pora berish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi bankdan 90 ming dollar oʻgʻirlagan guruh ushlangan edi.