Gadjetlar

Samsung Galaxy A06 4G One UI 7 yangilanishini oldi

Hajmi 3 GB atrofida
Samsung Galaxy A06 4G One UI 7 yangilanishini oldi / Foto: GSMArena

Samsung o‘zining Galaxy A06 4G smartfoni uchun Android 15 asosidagi One UI 7 barqaror yangilanishini taqdim etdi. Bu haqda GSM Arena ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangilanish A065FXXU4BYF6 raqamli versiyada bo‘lib, hajmi 3 GB atrofida. U foydalanuvchi interfeysining yangi dizayni, qo‘shimcha funksiyalar va 2025-yil may oyi uchun xavfsizlik yamoqlarini o‘z ichiga oladi.

Dastlab Filippin, Indoneziya va Malayziyada tarqatila boshlangan ushbu yangilanish yaqin kunlarda boshqa mintaqalarda ham paydo bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Samsung allaqachon Android 16 asosidagi One UI 8 beta-versiyasini ham sinovdan o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy Z Fold7 dizaynini eski versiyalar uslubiga qaytarishi haqida yozgan edik.