Avto

Tesla’ning Xitoydagi savdosi sakkiz oylik pasayishdan so‘ng o‘sishga erishdi

U iyun oyida 71,5 mingta avtomobil sotdi
Tesla
Tesla savdolarida o‘sish kuzatildi / Foto: Tesla

Tesla China 2025-yil iyun oyida 71,5 mingta avtomobil sotdi. Bu may oyiga nisbatan 16,1 foizga, o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan esa 0,8 foizga ko‘pdir. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Ushbu ko‘rsatkich oktabr oyidan beri davom etayotgan yillik kamayishlar seriyasiga yakun yasadi. So‘nggi bor o‘sish 2024-yil sentabr oyida kuzatilgan edi.

2025-yilning birinchi yarmida Tesla China jami 364,5 mingta avtomobil sotgan. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 14,6 foizga kam. Bu ko‘rsatkichlar Xitoy Yo‘lovchi avtomobillari assotsiatsiyasi (CPCA) tomonidan Shanghai zavodidan butunlay chiqarilgan, ichki savdo va eksportni o‘z ichiga olgan raqamlar sifatida e’lon qilingan.

Tesla’ning Shanghai zavodi ikkita model ishlab chiqaradi. Bular model 3 sedan va Model Y krossover. 2024-yilda Model Y Xitoyda eng ko‘p sotilgan mashina bo‘ldi – 480 309 dona. Bu Tesla’ning Xitoydagi umumiy savdosining 75 foizini tashkil etgan.

2025-yilning yanvar – may oylarida Tesla Xitoyda 202 mingta avtomobil sotdi. Bu o‘tgan yilga qaraganda 7,8 foizga kam. Model Y savdosi esa 24 foizga tushib ketdi.

Foto: China EV DataTracker

2-iyul kuni Tesla Model 3 Long-range AWD narxini 10 000 yuanga (taxminan $1 400)oshirdi. Shu bilan birga, yurish masofasi 40 km ga ko‘paydi va tezlanish (0 dan 100 km/soatgacha) 3,8 soniyaga qisqardi. Model Y AWD yurish masofasi 31 km ga oshdi (jami 750 km), ammo narxi o‘zgarmadi.

26-iyun kuni Xiaomi o‘zining ikkinchi avtomobili – YU7 SUV modelini taqdim etdi. Atigi 18 soat ichida 240 000 ta qat’iy buyurtma oldi. Bu model yilning ikkinchi yarmida Model Y savdosiga ta’sir qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi rahbari Tesla’ning avtonom boshqaruv texnologiyasini yuqori baholagani haqida yozgan edi.