Yangiliklar

Usmonovning dividendlardan tushgan daromadi bir yilda 20,4 foizga oshdi

O‘tgan yili milliarder dividend daromadidan $1,2 mlrd olgan
Usmonovning dividendlardan tushgan daromadi bir yilda 20,4 foizga oshdi. Foto: Maxim Shemetov / Reuters

Forbes nashrida e’lon qilingan reytingga ko‘ra, 2024-yilda rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning dividendlardan tushgan daromadi 96,2 milliard rublni ($1,2 mlrd) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bir yil ichida 20,4 foizga oshgan.

O‘tgan yilgi dividend daromadlari bo‘yicha rossiyalik milliarderlar reytingida Usmonov beshinchi pog‘onaga ko‘tarildi. 2023-yilda u to‘rtinchi o‘rinda bo‘lgan edi. Reytingni tuzishda Forbes soliqlar va komissiyalarni hisobga olmagan holda, to‘langan dividendlarning yalpi bahosiga asoslangan.

«Reytingdagi 50 nafar ishtirokchi va ular bilan bog‘liq shaxslarga foyda sifatida to‘langan umumiy dividendlar hajmi 2024-yilda qariyb 1,8 trillion rublni tashkil etdi», — deyiladi xabarda.

Ekran tasviri: Forbes’dan olindi

Dividendlardan eng katta daromad olganlar ro‘yxatida «Severstal» aksiyadori Aleksey Mordashov birinchi o‘rinni egaladi. Uning dividend daromadi 201,8 mlrd rublni ($2,5 mlrd) tashkil qilgan. «Lukoyl» hammuassisi Vagit Alekperov ikkinchi o‘rinni egalladi. Uning daromadi 201 mlrd rubl ($2,5 mlrd) bo‘ldi. Kuchli uchlikni milliarder Vladimir Lisin yakunlab, 151,8 mlrd rubl ($1,9 mlrd) daromad olgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gamburg sudi Alisher Usmonovga «Dilbar» yaxtasi egasi sifatida nom berishni taqiqlagani haqida xabar bergan edi.

Taqiqni buzganlik uchun 250 ming yevro miqdorida jarima joriy etilgan. Agar summani undirishning iloji bo‘lmasa, qoidabuzarlar olti oygacha qamoqqa olinadi.

Rossiyalik tadbirkorning vakili, advokat Yoaxim Shtaynxofelning aytishicha, Yevropa Ittifoqi Usmonovga qarshi sud tomonidan taqiqlangan maqolalar asosida sanksiyalar kiritgan.

Aprel oyi oxirida Myunchner Merkur gazetasi Usmonov haqidagi 15 ta maqolani olib tashladi. Nashr materiallari tadbirkorga nisbatan sanksiyalarga sabab bo‘lgan.