Lifestyle

Xiaomi yangi muzlatkichini sotuvga chiqardi

Narxi $265ni tahskil qiladi
Xiaomi 550 litrli yangi muzlatkichini sotuvga chiqardi / Foto: Gizmochina

Xiaomi kompaniyasi yangi Mijia 550L Side-by-Side muzlatkichini taqdim etdi. 550 litr hajmga ega bo‘lgan model JD.com’da $265 sotilmoqda. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Muzlatkich ikki kameraga bo‘lingan: 332 litrlik sovitish va 218 litrlik muzlatish bo‘limi. U invertorli sovitish texnologiyasi, antibakterial kumush ion moduli, havo sovitish tizimi va past energiya sarfi (yiliga 8,3% tejash) bilan ajralib turadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi Mijia 271L uch eshikli muzlatkichini taqdim etgan edi.