
Boeing kompaniyasi AQSh hukumatidan ikki sun’iy yo‘ldoshni loyihalash va ishlab chiqarish uchun $2,8 milliardlik shartnoma oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Ushbu Evolved Strategic Satellite Communications (ESS) dasturi AQSh prezidenti va strategik kuchlar uchun kosmosda xavfsiz aloqa va boshqaruv tizimini ta’minlaydi. Boeing birinchi sun’iy yo‘ldoshni 2031-yilgacha yetkazib berishni rejalashtirmoqda. ESS sun’iy yo‘ldoshlari geostatsionar orbitada doimiy qamrovni taqdim etadi, bu esa strategik harbiy operatsiyalar uchun muhim hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda Boeing’ga raqobatchi JetZero Z4 laynerlari ishlab chiqarilishi haqida yozgan edik.