Bo‘stonliqda yirik shamol elektr stansiyasi barpo etilmoqda
eʼlon qilindi
Qurilish ishlariga $28 mln ajratiladi

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Bo‘stonliq tumanida umumiy quvvati 20 MVt bo‘lgan yirik shamol elektr stansiyasi qurilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi ma’lum qildi.
Burchmulla hududidan 10 gektar yer ajratilgan ushbu loyiha yiliga 129,6 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Natijada 811 ming m³ tabiiy gaz yoki 3,15 ming tonna ko‘mir tejaladi. Atrof-muhitga foydasi bilan birga, bu iqtisodiy jihatdan ham muhim loyiha hisoblanadi. $28 mlnga teng bo‘lgan qurilish ishlari grand mablag‘lari asosida olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirilishi haqida yozgan edik.