Avto

BYD avtomobillari endilikda 15 daqiqada quvvat oladi

BYD
Yangi avlod Blade akkumulyatorida
BYD elektromobillari endi 15 daqiqada quvvat oladi. Foto: BYD kompaniyasi

BYD elektromobillari endi 15 daqiqada quvvat oladi. Bu haqda Speedme nashri xabar berdi.

Kompaniya yangi avlod Blade akkumulyatorini rasman taqdim etdi. Yangi akkumulyatorning energiya zichligi avvalgi versiyaga qaraganda 30 foizga oshgan bo‘lib, 210 Vt-soat/kg ga yetadi. Bu esa batareya o‘lchamini oshirmasdan yurish masofasini 300 km dan 400 km gacha ko‘paytirishga imkon beradi.

Blade Gen 2’ning asosiy afzalligi, sakkiz darajagacha bo‘lgan ultratez quvvatlashni qo‘llab-quvvatlashidir. Bu texnologiya akkumulyator quvvatining 80 foizini atigi 15 – 20 daqiqada to‘ldirish imkonini beradi. Akkumulyator 300 darajadan yuqori harorat va kuchli mexanik zarbalarga ham chidamli bo‘lishi aytilmoqda.

Blade Gen 2 ishlab chiqarilishi avgust oyida BYD zavodlarida – Xitoy, Hindiston, Tailand, Avstraliya va Yevropada boshlanadi. Yangi cell-to-body arxitekturasi batareyalarning narxini 15 – 20 foizga arzonlashtirish va avtomobil ichidagi joydan yanada samarali foydalanish imkonini beradi. BYD’ning bu yechimi shahar elektromobillar bozoriga katta ta’sir ko‘rsatib, keng omma uchun elektromobillarni yanada qulay va arzon qilishni tezlashtirishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD kompaniyasi arzon narxdagi BYD Seagull avtomobilini (Yevropada Dolphin Surf nomi bilan tanilgan) 1 million nusxada ishlab chiqargani haqida yozgandi. Ushbu modelning narxi O‘zbekistonda 208 mln so‘mdan boshlanadi.