Donald Tramp kriptovalyutalar orqali 620 million dollar daromad oldi

eʼlon qilindi
World Liberty Financial platformasi va Tramp nomiga chiqarilgan memecoin orqali
Tramp va uning oilasi kriptovalyuta loyihalaridan $620 million daromad oldi Foto: NBC News

Tramp va uning oilasi bir necha oy ichida kriptovalyuta loyihalaridan $620 millionga yaqin daromad ko‘rgan. Bu daromadlar World Liberty Financial platformasi va Tramp nomiga chiqarilgan memecoin (mem tangasi) orqali yuzaga kelgan. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Trampning rasmiy boyligi 2025-yilgi prezidentlik saylovlari paytida $6,5 milliard bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu raqam $6,4 milliardga kamaygan. Biroq uning moliyaviy imperiyasi endilikda an’anaviy ko‘chmas mulk biznesidan emas, balki tez daromad keltiradigan raqamli aktivlardan iborat bo‘lib bormoqda.

Tramp va uning oilasi kriptoda qanday yutuqlarga erishmoqda

World Liberty Financial kompaniyasi o‘zining USD1 nomli barqaror tangasini chiqardi va $550 millionlik tokenlarni sotdi. Shundan $390 million Tramp oilasiga tegishli bo‘ldi. Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, Tramp oilasi kompaniya tokenlarining 22,5 milliard donasiga egalik qiladi, ularning qiymati iyun oyidagi bozorda $2 milliarddan oshgan.

Tramp oilasi o‘z ulushini 60 foizdan 40 foizga kamaytirgan. Biroq bu ulushdan qanchalik daromad olganlari hozircha aniq emas.

Bundan tashqari, Tramp oilasi Trump memecoin nomli token chiqarib, uning narxi oshgan sari foyda ko‘radi. Bu tokenlar hozircha bozorda $150 millionga baholanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yanvar oyida Donald Tramp yaratgan kriptovalyuta tez ommalashayotgani haqida yozgandi.

U ishga tushirilganida $4,29 darajasida sotilgan kriptovalyuta qisqa vaqt ichida tez ommalashdi. 20-yanvar soat 9:25 holatiga koʻra, bitta tokenning narxi $47,5 boʻldi. Kriptovalyuta oʻzining rekord koʻrsatkichini 19-yanvar kuni koʻrsatib, $75,08 ni tashkil qilgan edi.

Shuningdek