
So‘nggi yillarda elektromobillar keng ommalashmoqda. Biroq ko‘pchilik ularda harakatlanayotganda o‘zini noqulay his qilmoqda. Kursiv Media e’lon qilgan maqolada elektromobilda harakatlanishdagi muammolar haqida so‘z boradi.
Ko‘ngil aynishi va bosh aylanishi
Elektromobilga chiqqanda bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi kuzatilmoqda. Bu haqda foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez shikoyat qilmoqda.
Mutaxassislar nima deydi?
Fransiyadagi texnologik universitet tadqiqotchisi Uilyam Emondning aytishicha, bu holat miyaning yangi tajribaga moslasha olmasligidan kelib chiqadi. Odamlar oddiy mashinalardagi tovush va harakatlarga o‘rganib qolgan.
Oddiy avtomobil va elektromobilning farqli jihatlari
- Elektromobilda motor tovushi yo‘q, datchiklar kamroq signal beradi;
- Rejenerativ tormoz tizimi mashinani sekin va asta to‘xtatadi, bu ham bosh aylanishini kuchaytiradi;
- Yangi tajriba sabab, miya harakatni noto‘g‘ri qabul qiladi.
Ilmiy tadqiqotlar
2024-yilda o‘tkazilgan shu yo‘nalishdagi tadqiqotda – avtomobilda titroq kam bo‘lsa, ko‘ngil aynishi ko‘proq bo‘lishi aniqlangan. 2020-yilda esa motor tovushining yo‘qligi asosiy sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Bu jiddiy muammo bo‘lmasligi mumkin, ammo shifokor nazorati va tibbiy muolajalar olish zarar qilmaydi. Mutaxassislarning fikricha, yashil energiyaga moslashish bir necha yillarni olishi mumkin. Ammo iqtisodiyot va iqlim uchun elektromobillarning o‘rni muhim.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 2025-yilning eng oddiy va ishonchli avtomobillari ro‘yxati e’lon qilingani haqida yozgan edi.
Unga ko‘ra, 2025-yilda AQShda yangi avtomobilning o‘rtacha narxi $48 mingga yetgan. Biroq bozordagi bunday narx oshishlariga qaramay, cheklangan budjet bilan ham yangi avtomobil sotib olish mumkin bo‘lgan bir nechta modellardan iborat ro‘yxat mavjud. Visual Capitalist portali AQShdagi 2025-yil uchun eng oddiy va ishonchli avtomobillar reytingini e’lon qilgan.