Iyun oyining eng kuchli smartfonlari aniqlandi

4-iyul 2025 15:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
smartfonlar
Iyun oyining eng kuchli hamyonbop smartfonlari e’lon qilindi / Rasm Sora SI yordamida sayqallangan

AnTuTu platformasi tomonidan 2025-yil iyun oyi uchun eng kuchli hamyonbop smartfonlar reytingi e’lon qilindi. Bu safar dastlabki uch o‘rinni MediaTek protsessoriga ega modellar egalladi.

Reytingda birinchi o‘rinni iQOO Z10 Turbo egalladi. U Dimensity 8400 chipi, 16 GB operativ xotira bilan 1 767 568 ball to‘plagan. Ikkinchi o‘ringa Redmi Turbo 4 joylashdi. Unda Dimensity 8400 Ultra chipi va 12 GB xotira mavjud. Uning natijasi — 1 676 970 ball.

Uchinchi o‘rinda OPPO Reno14 Pro joy oldi. Bu model Dimensity 8450 chipi va 16 GB xotira bilan 1 577 098 ballga erishgan.

To‘rtinchi o‘rin OnePlus Ace 3V modeliga nasib etdi. U Snapdragon 7+ Gen 3 protsessorida ishlaydi va 12 GB xotiraga ega — 1 401 716 ball. Beshinchi o‘rinni OPPO Reno14 egalladi (Dimensity 8350, 1 338 733 ball).

Ro‘yxat bilan ushbu jadvalda tanishishingiz mumkin:

O‘rinSmartfon nomiChipsetXotiraBallar
1iQOO Z10 TurboSnapdragon 8s Gen 316GB+512GB1 767 568
2Redmi Turbo 4Snapdragon 8s Gen 312GB+256GB1 676 970
3OPPO Reno14 ProDimensity 9200+16GB+512GB1 570 798
4OnePlus Ace 3VSnapdragon 7+ Gen 316GB+512GB1 401 716
5OPPO Reno14Dimensity 820016GB+512GB1 338 733
6Redmi K70EDimensity 8300-Ultra12GB+512GB1 298 468
7Realme GT Neo5 SESnapdragon 7+ Gen 216GB+512GB1 145 999
8Redmi Note 12 TurboSnapdragon 7+ Gen 216GB+1024GB1 137 607
9vivo S30Snapdragon 7 Gen 312GB+512GB1 002 553
10iQOO Z8Dimensity 820012GB+256GB963 511

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangi Redmi smartfoni 8000 mA/soatdan ortiq katta batareyaga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek