
2025-yilning birinchi yarmida Kia kompaniyasi AQSh bozorida 416 511 dona avtomobil sotdi. Bu 2024-yilga nisbatan 8 foizga ko‘p bo‘lib, brendning AQShdagi 32 yillik faoliyati davomida eng yuqori ko‘rsatkich. Bu haqda Automailru nashri xabar berdi.
Eng ko‘p sotilgan model – Kia Sportage bo‘lib, olti oy ichida 12 630 dona sotilgan. Ikkinchi o‘rinni Kia K4 egalladi (11 564 dona), uchinchi pog‘onada esa Kia Telluride (9239 dona) qayd etildi. To‘rtinchi o‘rinda Kia Sorento (7050 dona), beshinchida esa Kia K5 (5613 dona) turibdi.
Brendning elektr avtomobillari esa ro‘yxat oxiridan joy oldi: Kia EV9 – 913 dona, EV6 – 680 dona sotilgan.
Shunga qaramay, iyun oyida natija yomonlashgan. Kompaniya bu oyda AQShda 63 849 dona avtomobil sotdi, bu o‘tgan yilgi iyun oyiga nisbatan 2080 taga kam.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kia 11 ming dollarlik avtomobilini sotuvga chiqargani haqida yozgandi.