Navoiyda parkda sodir bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi janjal bo‘yicha surishtiruv boshlandi

eʼlon qilindi
Ularning to‘rt nafari voyaga yetmagan
Foto: Ekran tasviri / Manba: Bolalar ombudsmani

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi istirohat bog‘ida bir guruh qizlar o‘zaro janjallashib, bir-birini urgan holati aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joriy yil 30-iyun kuni sodir bo‘lgan. 2004 va 2006-yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro istirohat bog‘idagi attraksionda uchayotgan vaqtda 2010, 2011 va 2012-yillarda tug‘ilgan to‘rt nafar voyaga yetmagan qiz bilan janjallashib qolgan.

Hozirda holat yuzasidan Navoiy shahar Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan OLX’da bola sotuvi haqidagi e’lon bo‘yicha rasmiy munosabat bildirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek