O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Transafg‘on temir yo‘li loyihasini muhokama qildi

eʼlon qilindi
To‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar sonini oshirish borasida ham
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Transafg‘on temir yo‘li loyihasini muhokama qildi / Foto: President.uz

Xonkendi shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Pokiston strategik sherikligini chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar Transafg‘on temir yo‘li loyihasini ilgari surish, qo‘shma korxonalar va to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar sonini oshirishga kelishib oldilar.

Karachi va Lahorda tashkil etilgan savdo uylari ikki tomonlama aloqalarning amaliy samarasiga aylangani ta’kidlandi. Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, tomonlar xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar. Uchrashuv do‘stona va ochiq ruhda o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident mazkur temir yo‘li qurilishini Afg‘oniston vakili bilan muhokama qilgan edi.

Shuningdek