
Shu yilning dastlabki besh oyida O‘zbekistonga xorijdan qariyb 139 ming dona konditsioner import qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Bu davrda mamlakatga jami 138 933 dona konditsioner olib kirilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati $37 millionni tashkil etgan.
Eng ko‘p konditsioner yetkazib bergan davlatlar orasida 132 657 dona bilan Xitoy yetakchilik qilmoqda. Bu jami importning deyarli 95 foizini tashkil etadi.
Shuningdek:
- Qozog‘istondan 3 362 dona;
- Turkiyadan 1 544 dona;
- Italiyadan 295 dona;
- Janubiy Koreyadan 265 dona;
- Yana boshqa davlatlardan esa 810 dona konditsioner olib kelingan.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonga 5 oyda 10 mingga yaqin elektromobillar import qilingani haqida yozgandi.