
Realme kompaniyasi Android 16 asosidagi Realme UI 7 operatsion tizimini qabul qiladigan smartfonlar ro‘yxatini rasman e’lon qildi. Bu haqda Lifehacker xabar bermoqda.
Yangi tizim Material You 3 dizayniga asoslangan bo‘ladi. Yangilanishlar orasida – ekran shaxsiylashtirish, SI asosida o‘g‘rilikni aniqlash, iOS uslubidagi blok ekran effektlari va boshqalar mavjud.
Dastlabki bo‘lib yangilanish Realme GT 7 modeliga taqdim etiladi. So‘ngra u boshqa flagman, o‘rta va budjet modellarga ham tarqatiladi.
Realme UI 7 oladigan modellar ro‘yxati:
Seriya nomi | Modellar |
---|---|
Realme GT | GT 7, GT 7 Pro, GT7 Pro Racing, GT 7T, GT 6, GT 6T, GT Neo6, GT Neo6 SE, GT5, GT5 240W, GT5 Pro |
Realme raqamli | 14, 14 Pro, 14 Pro+, 14T, 14x, 13, 13+, 13 Pro, 13 Pro+, 12 4G, 12, 12+, 12 Lite, 12 Pro, 12 Pro+ |
Realme Narzo | Narzo 80 Pro, Narzo 80x, Narzo 70, Narzo 70 Turbo, Narzo 70 Pro, Narzo 70x |
Realme Neo | Neo7, Neo7 SE, Neo7 Turbo, Neo7x |
Realme P | P3, P3 Pro, P3 Ultra, P3x, P2 Pro, P1, P1 Pro, P1 Speed |
Realme C | C75 4G, C75, C73, C71 |
Realme hozircha yangilanish sanasini aniq ko‘rsatmagan. Ammo Realme GT 7 uchun beta-versiya dasturi tez orada Xitoyda boshlanishi kutilmoqda.
Avvalroq Realme GT 7 seriyasi Android 16 yangilanishini birinchi bo‘lib olishi haqida yozgan edik.