Rossiya Afg‘oniston Islom amirligini rasman tan olgan birinchi davlat bo‘ldi

eʼlon qilindi
Tashkil etilganidan to‘rt yil o‘tib
Rossiya Afg‘oniston Islom amirligini rasman tan olgan birinchi davlat bo‘ldi / Foto: Rossiya TIV

Rossiya 2021-yilda hokimiyatga kelganidan beri Tolibon hukumatini rasmiy tanlagan birinchi davlatga aylandi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida Tolibon hukumatini rasmiy tan olish ikki davlat o‘rtasida samarali hamkorlikka turtki berishi aytildi. Energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma sohalarida hamkorlik imkoniyatlari katta ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, Rossiya Tolibonga mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va terrorizm hamda narkotik jinoyatlariga qarshi kurashda yordam berishni davom ettiradi. Bu esa Afg‘oniston va uning qo‘shnilari uchun muhim ahamiyatga ega.

Ma’lumot uchun, Tolibon hozirgacha Xitoy va BAA bilan elchilar almashgan, Qatarda esa siyosiy vakolatxonasi bor. Lekin bu davlatlar uni rasmiy hukumat sifatida hali tan olmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Afg‘oniston vakili bilan Transafg‘on temir yo‘li qurilishini muhokama qilgan edi.

Shuningdek