Gadjetlar

Samsung Galaxy S24 FE uchun One UI 8 testlari boshlandi

Kompaniya dasturiy ta’minot versiyasini ichki tartibda test qilmoqda
Samsung Galaxy S24 FE
Samsung Galaxy S24 FE uchun One UI 8 testlari boshlandi / Foto: Techradar

Samsung Galaxy S24 FE smartfoni uchun Android 16 asosidagi One UI 8 yangilanishi sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

Kompaniya hozirda S721BXXU6CYG1/S721BOXM6CYG1/S721BXXU6CYG1 raqamli dasturiy ta’minot versiyasini ichki tartibda test qilmoqda. Hozircha bu yangilanish ommaga taqdim etilmagan.

Foto: GSMArena

Avvalroq Samsung Galaxy S24 FE modeli One UI 7 yangilanishini bevosita barqaror (stable) ko‘rinishda olgan edi. Shu sababli, bu model One UI 8 ochiq beta dasturida ishtirok etmasligi mumkin.

Kutilishicha, Galaxy S24 FE uchun One UI 8 barqaror versiyasi 2024-yil oxirigacha chiqadi. Ma’lumot uchun, One UI 7 yangilanishi ushbu smartfonga 2024-yil aprel oyida taqdim etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy A06 4G One UI 7 yangilanishini olgani haqida yozgan edi.