SI pandemiya xavfini oshirmoqda – Rand Corporation ogohlantiradi

eʼlon qilindi
U biologik qurollarni yaratish va tarqatishni soddalashtirayapti
SI pandemiya xavfini oshirmoqda – Rand Corporation ogohlantiradi / Foto: Chat GPT

Rand Corporation’ning yangi hisobotiga ko‘ra, sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari global pandemiya ehtimolini besh barobar oshirishi mumkin. Bu haqda Time nashrida ma’lum qilindi.

AQShning DARPA agentligi buyurtmasi bilan tayyorlangan bu tadqiqotda SI biologik qurollarni yaratish va tarqatishni soddalashtirayotgani ta’kidlanadi.

Hisobotda aytilishicha, SI yordamida patogen tanlash, DNK sintezi, saqlash sharoitlari va tarqatish usullarini ishlab chiqish osonlashmoqda. Hatto tajribasiz shaxslar ham xavfli viruslarni yaratish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalarga ega bo‘lishi mumkin.

Rand mutaxassislari SI’ni tartibga solish, bioxavfli kontentni filtrlash va ochiq ilmiy ma’lumotlarga cheklovlar kiritishni taklif qilmoqda. Aks holda, SI texnologiyalari kelajakdagi pandemiyalar uchun asosiy xavf manbaiga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google sun’iy intellektlari endi internetlarsiz ham smartfonda ishlashi haqida yozgan edik.

Shuningdek