AQShda qullikni bekor qilish haqidagi hujjat 12 million dollarga sotildi

5-iyul 2025 18:08 eʼlon qilindi

Aleksandr Ten

Aleksandr Ten

Muxbir a.ten@kursiv.media
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
AQShda qullikni bekor qilish haqidagi hujjat 12 million dollarga sotildi / Foto: bonniej/Getty Images

Amerikalik milliarder Kennet S. Griffin Sotheby’s auktsionida AQShda qullikni taqiqlovchi hujjatni sotib oldi. Bu haqda My Weekend xabar bermoqda.

Komissiya to‘lovlarini hisobga olgan holda uning qiymati $13,7 mlnni tashkil etdi. Qullikni taqiqlovchi hujjat AQShning 16-prezidenti Avraam Linkoln tomonidan imzolangan. Ushbu chora AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan 13-tuzatish sifatida mustahkamlangan.

Senat 1864-yilda, Vakillar palatasi 1865-yilda ushbu tuzatishni qabul qilgan. Biroq ba’zi shtatlar, jumladan, Kentukki (1976) va Missisipi (1995) 20-asrda uni ratifikatsiya qilishgan.

Griffin, shuningdek, 1864-yilda Linkoln tomonidan imzolangan Emancipation Deklaratsiyasini 4,4 mlnga sotib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp Oq uyda UFC turniri o‘tkazilishini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek