Yangiliklar

Erdo‘g‘on Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi ziddiyatga izoh berdi

Aliyev Rossiya bilan munosabatlarning keskinlashuvi tarafdori emas
Erdo‘g‘on
Erdo‘g‘on Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi ziddiyatga izoh berdi / Foto: NPR

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi ziddiyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini va ularni hamkasbi Ilhom Aliyev bilan muhokama qilganini ma’lum qildi.

«Bu masala Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuvimiz kun tartibiga kiritilgan edi. Janob Aliyev bu borada juda ehtiyotkor va oqilona qadamlar tashlamoqda», – degan Turkiya rahbari.

Erdo‘g‘on aniqlik kiritishicha, Aliyev Rossiya bilan munosabatlarning keskinlashuvi tarafdori emas va vaziyatni hal etmoqchi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Anqara uchun Moskva ham, Boku ham strategik sherikdir.

1-iyul kuni Ilhom Aliyev Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Ukraina rahbari Rossiya bilan ziddiyatli vaziyatda ozarbayjonlik hamkasbini qo‘llab-quvvatladi. Aliyev Zelenskiyga bunday so‘zlari uchun minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Ozarbayjon ta’lim vazirligi rus tili maktablari yopilishi bo‘yicha munosabat bildirgani haqida yozgan edi.