
Xitoyda Huawei’ning Huawei Maimang 40 smartfoni rasman taqdim etildi. Bu haqda Mobiltelefon nashri xabar bermoqda. Ushbu model ilgari Huawei brendi ostida bo‘lgan, ammo hozir alohida marka sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa unga G‘arb sanksiyalaridan chetda qolish imkonini berdi.
Smartfon Snapdragon 4 Gen 2 protsessori bilan ishlaydi va 5G tarmog‘ini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Eng asosiy yangilik – sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa qilish imkoniyati. Maimang 40 nafaqat xabar yuborish, balki qo‘ng‘iroq qilish uchun ham sun’iy yo‘ldoshdan foydalanadi. Bu funksiyalar mos ravishda Beidou va Tiantong tarmoqlari orqali ta’minlanadi.

Smartfonga Huawei flagmanlaridagi kabi 50 MP kamera o‘rnatilgan. U yirik 1/1,56 dyuymli RYYB sensor bilan ishlaydi.
Maimang 40 6100 mA/soat sig‘imli batareya va 40 Vt quvvat bilan tezkor zaryadlashga ega. Ekran 6,7 dyuymli, Full HD+ aniqlikda. Qurilma IP64 standarti asosida suv va changdan himoyalangan. Operatsion tizim – Android 14.
Narxi $280dan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Huawei elektromobillar uchun uzoq masofaga mo‘ljallangan akkumulyatorni taqdim etgani haqida yozgan edi.