O‘zbekiston Kaspiy dengizida parom qatnovini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston yuk tashishni tezlashtirish uchun Kaspiy dengizida parom qatnovini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Transport vaziri Ilhom Maxkamov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida qayd etdi.
Mahkamovning qo‘shimcha qilishicha, parom qatnovini yo‘lga qo‘yishda turkiyalik hamkorlarni jalb qilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Xitoydan O‘zbekistonga qurilayotgan temir yo‘l O‘zbekiston-Ozarbayjon tranzitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘tgan yilning yozida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston bilan dengizda yuk tashishni rivojlantirish tarafdori edi. U Shavkat Mirziyoyevga Qora dengiz bo‘ylab yuk tashish loyihasiga qo‘shilishni taklif qilgan edi.
Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga tashrifi doirasida prezident Ilhom Aliyev hamrohligida Kaspiy sohilidagi «Sea Breeze» dam olish majmuasi faoliyati bilan tanishgani haqida yozgan edi.