O‘zbekistonning tashqi qarzi 68,4 milliard dollarga yetdi

eʼlon qilindi
Shundan $35,8 mlrd davlat, $32,6 mlrd esa korporativ tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi
tashqi qarz
O‘zbekistonning tashqi qarzi 68,4 milliard dollarga yetdi / Foto: Kursiv Uzbekistan / Sapura Temirxanova

2025-yilning 1-choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $68,4 mlrdni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Shundan $35,8 mlrd davlat, $32,6 mlrd esa korporativ tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

So‘nggi uch oyda tashqi qarz $4,3 mlrdga oshgan. Bu o‘sishning $1,9 mlrd davlat, 2,4 mlrd dollari korporativ qarzga to‘g‘ri kelmoqda.

Taqqoslash uchun, 2024-yil 4-choragida qarz $3,9 mlrdga oshgan edi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan umumiy tashqi qarz $14,9 mlrdga ko‘paygan. Bu hajmning $6,2 mlrd davlat, $8,7 mlrd esa korporativ qarz hisobidan.

Ekspertlar korporativ qarzning keskin oshishini samarasiz davlat kompaniyalari va banklar faoliyati bilan bog‘lamoqda. Tashqi qarz hisobidan moliyalashtirilayotgan ko‘plab loyihalar samaradorligi hamon shubha ostida.

Qarzning noto‘g‘ri ishlatilishi aholi cho‘ntagiga ta’sir qilmoqda. Davlat qarzi ortgani sari soliq bosimi oshadi. Korporativ qarzlar esa xizmatlar va tariflar qimmatlashishiga olib keladi. Buni aholining o‘zi ham oxirgi paytlarda sezmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek