
Realme kompaniyasi yaqinda Realme P3 modelini taqdim etdi. 4pda nashri smartfon haqida ma’lumotlarni bitta materialga jamladi.
U, asosan, yosh foydalanuvchilar uchun ishlab chiqilgan va yaxshi narx-holat balansi bilan ajralib turadi.

Dizayn va himoya:
Smartfon klassik ko‘rinishga ega. Korpus mustahkam va suvga chidamli. U IP69 standarti bo‘yicha himoyalangan — yomg‘irda, lunda yoki hatto suv ostida ham foydalanish mumkin.
Batareya:
Realme P3 6000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. U bir zaryad bilan 1,5–2 kun ishlashi mumkin. Video ko‘rish — 21 soatgacha. Telefon 45 Vt tezkor quvvat olishni qo‘llab-quvvatlaydi va to‘liq zaryadlanish 1,5 soat atrofida davom etadi.

Ekran:
Smartfon 6,67 dyuymli AMOLED displey, 120 Gs yangilanish tezligi va 2000 nit yorqinlik bilan jihozlangan. Ekran yorqin, aniqligi yaxshi, ko‘zlar uchun xavfsizlik rejimlari ham bor.
Ishlash tezligi:
Smartfon Snapdragon 6 Gen 4 protsessori bilan ishlaydi. U oddiy kundalik vazifalarni tez bajara oladi. Og‘ir o‘yinlarda grafikani pasaytirishga to‘g‘ri keladi. AnTuTu testida 764 ming ball to‘plagan.

Kamera:
Asosiy kamera — 50 MPni tashkil etadi. smartfonda yana bir 2 MP yordamchi modul bor. Old kamera — 16 MP. Suratlar ijtimoiy tarmoqlar uchun yetarli darajada sifatli. Video 4K formatda surat oladi, 30 kadr/s tezlikda yoziladi. Modelda raqamli stabilizatsiya mavjud.
Realme P3 oddiy narxda kuchli batareya, sifatli ekran va kundalik foydalanish uchun yetarli quvvatga ega smartfon deya baholanmoqda.
Avvalroq Realme Android 16 qabul qiladigan smartfonlar ro‘yxatini e’lon qilgani haqida yozgan edi.