Gadjetlar

Samsung Galaxy S26 Ultra haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilindi

Yangi flagman 2025-yilning birinchi choragida taqdim etilishi kutilmoqda
Samsung
Samsung Galaxy S26 Ultra haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilindi / Foto: Notebookcheck

Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni ustida ishlamoqda. Bu haqda Notebookcheck nashri xabar bermoqda. Yangi flagman 2025-yilning birinchi choragida taqdim etilishi kutilmoqda.

Yangi modelda 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bo‘lishi aytilmoqda. Bu hozirgi Galaxy S25 Ultra bilan bir xil. Biroq Samsung akkumulyator tizimini takomillashtirib, zaryad olayotganda smartfon kamroq qizishini ta’minlashni rejalashtirmoqda.

Yana bir muhim o‘zgarish – akkumulyator kichikroq hajmda bo‘ladi, chunki u endi yuqori energiya zichligiga ega. Bu ichki qismlarni joylashtirishni qulaylashtiradi.

Kamera borasida esa Galaxy S26 Ultra 200 megapikselli asosiy sensor bilan jihozlanadi. Ayni paytda bu yangi sensormi yoki avvalgi ISOCELL HP2 modeli bo‘ladimi aniq emas. Agar yana ISOCELL HP2 ishlatilsa, bu sensor ketma-ket to‘rtinchi Galaxy S Ultra modelida qo‘llaniladi.

Umuman olganda, Galaxy S26 seriyasida akkumulyator hajmi o‘zgarmasligi mumkin, ammo ishlash va energiya tejash imkoniyatlari yaxshilanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S24 FE uchun One UI 8 testlari boshlangani haqida yozgan edi.