Yuqori Chirchiqda o‘gay ota 7 yoshli bolani kaltakladi

eʼlon qilindi
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan
Foto: Wow parenting

Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 7 yoshli bola o‘gay otasi tomonidan kaltaklangan. 30-iyun kuni yarim tunda u uydan qochib, qo‘shnining hovlisiga kirib ketgan. Bu holat haqida Bolalar ombudsmaniga xabar berilgan.

Shundan so‘ng, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan. Bolaning onasi 1995-yilda tug‘ilgan G.K. bola tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashmagani aniqlangan.

U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi bilan javobgarlikka tortildi. Onaga va o‘gay otaga bolani zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonuniy tushuntirish berildi. Bola davlat himoyasida va unga bosim o‘tkazish qonuniy javobgarlikka olib kelishi qayd etilgan.

Bu oila bo‘yicha alohida ijtimoiy nazorat o‘rnatildi. Bolaning himoyasi uchun zarur choralar ko‘rilmoqda. Bolalar ombudsmani vaziyat ustidan nazoratni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Navoiyda parkda sodir bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi janjal bo‘yicha surishtiruv boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek