
6-iyul kuni aviaqatnovlar jadvalida bir qator o‘zgarishlar bo‘ldi. Jumladan, C6093 Samarqand – Urganch yo‘nalishidagi reys bekor qilindi. Bu haqda Centrum Air ma’lum qildi.
Quyidagi reyslar esa jadval asosida amalga oshirildi:
- C6091: Toshkent 08:40 – Urganch 10:10
- C6094: Urganch 10:40 – Samarqand 11:50
- C6092: Samarqand 12:40 – Toshkent 13:25
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand – Sankt-Peterburg reysi zaxira aerodromga yo‘naltirilgan edi.