Chiqindi bilan bog‘liq eng ko‘p huquqbuzarlik Namanganda aniqlangan

eʼlon qilindi
2025-yilning birinchi yarmida
Chiqindi bilan bog‘liq huquqbuzarlik eng ko‘p Namanganda aniqlangan / Foto: Ekologiya vazirligi

2025-yilning dastlabki olti oyida mamlakat bo‘ylab 14 728 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 7,9 mlrd so‘m miqdorida jarimalar belgilandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Shundan 5 215 ta holat ekologik videokameralar orqali qayd etildi. Eng ko‘p qonunbuzarliklar Namangan (1 563 ta), Andijon (1 443 ta) va Farg‘ona (1 163 ta) viloyatlarida sodir bo‘lgan. Ayni paytda respublika bo‘ylab 250 ta onlayn kamera chiqindi tashlanadigan nuqtalarda doimiy kuzatuv olib bormoqda.

Vazirlik fuqarolardan chiqindilarni faqat ruxsat etilgan joylarga tashlashni, ekologik qonunlarga rioya qilishni va atrof-muhitni muhofaza etishda faol bo‘lishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ekologik reydlar davomida 110 mingdan ortiq qonunbuzar aniqlangan edi.

Shuningdek