
Android 16 versiyasi bilan bog‘liq yangilanishlar Xiaomi, Redmi va Poco brendlariga tegishli jami 69 ta qurilmada amalga oshiriladi. Bu haqda Menow nashri ma’lum qildi.
Yangilanish o‘z ichiga HyperOS 2.3 qobig‘ini, tizim optimizatsiyasi, silliq animatsiyalar va yangi imo-ishorani – ikki barmoq bilan yuqoriga surish orqali foydalanuvchi funksiyalarini ishga tushirish imkoniyatini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Android 16 xavfsizlik darajasini ham oshiradi.
Android 16 yangilanishini jami 69 ta qurilma oladi: ulardan 22 tasi Xiaomi, 30 tasi Redmi va 17 tasi Poco brendiga tegishli:
Brend | Model nomlari |
---|---|
Xiaomi | Xiaomi 15, 15 Pro, 15 Ultra, 15S Pro; Xiaomi 14, 14 Pro, 14 Ultra; Xiaomi 14T, 14T Pro; Xiaomi 13, 13 Pro, 13 Ultra; Xiaomi 13T, 13T Pro; Civi 5 Pro, Civi 4 Pro, Civi 3; Xiaomi Pad 7, Pad 7 Pro, Pad 7 Ultra; Pad 6 Pro, Pad 6 Max 14; Pad 6S Pro 12.4 |
Redmi | Note 14 (barcha modellari), Note 13 (barcha modellari), K80, K80 Pro; K70, K70 Pro, K70 Ultra, K70E; K60, K60 Pro, K60 Ultra; Redmi 14R, 14C; Redmi 13 (barcha modellari); Redmi A4 5G, A3 Pro |
Poco | F7 Pro, F7 Ultra; F6, F6 Pro; X7, X7 Pro; X6, X6 Pro; M7, M7 Pro; M6, M6 5G, M6 Plus; M6 Pro, M6 Pro 5G; C75, C71 |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme GT 7 seriyasi Android 16 yangilanishini birinchi bo‘lib olishi haqida yozgan edik.